Mortal Kombat 4 dasturchisi Kevin Dey 2011-yilda deyarli 260 000 BTC ni atigi 2600 dollarga sotib oldi — kriptobirja xakerlar hujumiga uchraganidan keyin narx bir necha daqiqaga 1 sentgacha tushib ketgan edi.
Biroq birja barcha bitimlarni bekor qildi va Dey tangalarsiz qoldi. Bugungi narxda ularning qiymati 19 mlrd dollar boʻlardi.
Bitcoinning eng yirik korporativ egasi Strategy MSCI indekslaridan chiqarilmoqda. Bu 30-noyabr kuni savdo yopilgach amalga oshadi. Indeks provayderi yangi qoidalarga koʻra asosan investitsiya aktivlariga egalik qiluvchi kompaniyalar fondlar bilan tenglashtirilishini aytdi.
JPMorgan hisob-kitobiga koʻra, indeks fondlari kompaniyaning 2,8 mlrd dollarlik aksiyalarini sotishi mumkin. Strategy bitcoin xaridining bir qismini yangi aksiyalar chiqarish hisobiga moliyalashtiradi, shuning uchun talab susaysa, kelgusi xaridlar kamayishi mumkin.
Kripto bozoridan pul chiqib ketmoqda — steyblkoinlar hajmi 30 kunda 14,2 mlrd dollargaqisqardi. Bu 2022-yil iyunidan beri eng tez pasayish.
Bitcoin74 000 dollar atrofida savdo qilmoqda, bu soʻnggi xaridorlarning oʻrtacha xarid narxi — 75 600 dollardan past. Ularning tangalaridan hozir atigi 35% ga yaqini foydada.
Israel Discount Bank mijozlarga Bitcoin va Ethereumni bank mobil ilovasida 26-noyabrdan sotib olish, saqlash va sotish imkonini beradi.
Alohida kriptobirja va hamyon kerak emas, sotuvdan tushgan pul esa darhol hisobga tushadi: shu paytgacha Isroil banklari birjalardan kelgan pulning kelib chiqishini isbotlashni koʻpincha talab qilardi. Foyda soligʻini bank xuddi aksiyalardagidek oʻzi ushlab qoladi.
Shotlandiyada mahbus kameradan turib 2 million funtlik kripto talonchilikni uyushtirmoqchi boʻldi — Robert Barr ikki sherigini er-xotinning uyiga joʻnatib, ularni kriptohamyonga kirish imkonini berishga majburlamoqchi boʻldi.
Er-xotin eshikni ochmadi, ikki oydan keyin esa qamoqxonada Barrning telefonidan yozishmalar topildi va ular uni fosh qildi. Glasgodagi sud Barrni 8 yilgamahkum etdi, uning sheriklari esa 4 va 5 yilga qamaldi.